Buxoroda temir yo‘l vagonlarini skaner qiluvchi inspeksion-ko‘rik majmuasining ochilish bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Davlat bojxona qo’mitasi matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, O‘zbekiston bojxona postlarini katta hajmdagi skaner qurilmalari bilan jihozlash loyihasi doirasida Xitoyning grant mablag‘lari hisobidan taqdim etilgan temir yo‘l vagonlarini skaner qiluvchi inspeksion-ko‘rik majmualari yordamida oz vaqt ichida katta hajmli yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazadi.

“Xuddi shunday inspeksion-ko‘rik majmualaridan yana birini Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining „Xo‘jadavlat“ temir yo‘l bojxona postiga o‘rnatish ishlari o‘z yakuniga yetdi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur texnika yordamida katta hajmli transport vositalari yoki konteynerlar ichidagi tovarlarning joylashgan shaklini ko‘rish imkoni mavjud. U orqali konteynerdagi tovarlarning deklaratsiyada ko‘rsatilganligiga mosligi, kontrabanda predmetlari bor-yo‘qligini nazorat qilish mumkin.