2018 yil dekabr oyida milliy valyutadagi jami kreditlar (imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarni hisobga olmagan holda) bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 2017 yilning dekabr oyiga nisbatan 3,3%ga oshib, 21,8%ni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

2018 yil milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o’rtacha foiz stavkasining yuqori ko’rsatkichi dekabr oyida (21,8%), eng pasti esa aprel oyida (19,6%) kuzatildi:

Shuningdek, qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 2017 yil dekabr oyidagi 17,6%dan 2018 yil dekabr oyiga kelib 22,4%gacha hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha 18,7% dan 21,5% gacha oshishi kuzatildi.