Jizzax viloyati hududida arxitektura va avtomobil oynalarini ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish maqsadida Fransiya hukumati loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun 575 ming $ miqdorida “Fives Stein” kompaniyasiga grant mablag‘lari ajratadi, deb xabar beradi Viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, qurilishi rejalashtirilgan zavod jami 100 million $ miqdorida investitsiyalarni jalb etib, kuniga 600 tonna shisha ishlab chiqarish va 200 dan ortiq ish o‘rinlari yaratishga mo‘ljallangan.

“Fives Stein” shisha mahsulotlarini chiqarish uchun uskunalar va texnologik liniyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalarning biri bo‘lib, xalqaro miqyosda 200 yildan ortiq bo‘lgan tajribaga ega.

Kompaniyaning jahonda 30 dan ortiq mamlakatlarida 100 ta filiali va mintaqaviy ofislari mavjud. So‘nggi 20 yil ichida kompaniya Turkiya, Saudiya Arabistoni, Braziliya va Rossiya kabi mamlakatlarda 22ta zavod qurdi.