Telegram’ning IOS va Android uchun yanvar oyidagi yangilanishi ishga tushirildi, u bir qancha yangi funksiyalarni qo’shib, messenjerning mavjud xususiyatlarini yaxshilaydi, deyiladi kompaniya blogida.

Guruhlar

Guruhlarda ishtirokchilarga ma’lum tarkibni, masalan, GIF yoki stikerlarni jo’natishni taqiqlash imkonini beruvchi huquqlar paydo bo’ldi. Hatto barcha ishtirokchilarni biror narsa yuborishiga yo’l qo’ymaslik ham mumkin, shunday qilib, administratorlar o’zlari muloqot qilishadi.

Ishtirokchilarning maksimal miqdori ortdi — agar ilgari 100 mingtani tashkil qilgan bo’lsa, hozir 200 mingtaga yetdi. Biroq osonroq boshqarish uchun guruhning barcha interfeyslari, shu jumladan, sozlash ekranlari, administratorlar paneli va qatnashchilar ro’yxati qaytadan ishlab chiqildi:

Bundan tashqari, super guruhlar va tayanch guruhlar oddiy guruhlarga aylanib, hozirda ma’lum miqdordagi ishtirokchilarni talab qilmaydi.

Suhbatni o’chirish

Endi suhbatni yoki xabarlar tarixini o’chirishni mulohaza qilish uchun besh soniya beriladi. Ushbu vaqt davomida fikrni o’zgartirib, yo’q qilishni bekor qilish (agar tasodifan sodir bo’lgan bo’lsa) yoki kutib tasdiqlash mumkin.

Kontaktlarni tartiblash

Kontaktlarni endi tarmoqqa oxirgi kirganlik vaqtiga qarab tartiblash ham mumkin bo’ladi: