2019 yilning 28 yanvardan 3 fevralgacha bo‘lgan davr mobaynida birja savdolarining hajmi 732,0 mlrd so‘mdan 759,6 mlrd so‘mgacha oshdi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotuvlar bo‘yicha birinchi o‘rinni paxta tolasi egallab, uning ulushi 17% ni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda kimyo mahsulotlari — 15,8%, qurilish materiallari — 14,5% va neft mahsulotlari — 13,5% ulush bilan joylashdi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali salkam 914,2 ming $ ga teng tovarlar sotildi.

O‘tgan haftada eksportga polietilen va Gach II sotilib, ularning ulushlari mos tarzda 59% va 41% ni tashkil etdi.