Samsung Galaxy A8s Unicorn Edition smartfonini taqdim etdi. Bu haqda “Sammobile” xabar berdi.

Qurilma ko’proq ayollarga mos keladigan ikki gradient rangli korpusga ega bo’ldi.

Qizig’i shundaki, smartfonda “Magic Mirror” (sehrli ko’zgu) rejimi mavjud — bu smartfon ekranini ko’zgu sifatida ishlatishga imkon beradi.

Galaxy A8s Unicorn Edition xususiyatlari qurilmaning oddiy versiyasidan farq qilmaydi. Unda Full HD +, 24 megapikselli sefi-kamera va tomonlari 19.5:9 nisbatli 6,4 dyuymli displey mavjud.

Smartfon 8 GB operativ va 128 GB ichki xotira bilan 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 710 protsessorida ishlaydi. Smartfonning asosiy kamerasi 5, 10 va 24 Mpga ega.

Yangilik 412 $ narxida Xitoyda sotuvga chiqarilgan.