Samsung o’ziga xos tanishuv xizmatlaridan birini ishga tushirdi. Xizmat Refrigerdating deb ataladi va an’anaviy tanishuv saytlari asosiy muammosini hal qilish uchun mo’ljallangan — ko’p hollarda suratlar kuchli tahrirlangan va haqiqatdan uzoq hisoblanadi.
Refrigerdating hayotiy yondashuvni taklif qiladi. Muzlatgichingiz tarkibining fotosuratlari yordamida o’zingizning mohiyatingizni va hayotga yondashishingizni namoyish qilish taklif etiladi.
“Ba'zan bunday fotosuratlar fotoshoplangan suratdan ko’ra siz haqingizda ko’proq ma’lumot beradi. Boshqa tomondan esa, spirtli ichimliklar o’rnini yog’siz sut bilan almashtirib qo’yishga hech kim halal bermaydi”, deyiladi xabarda.
Xizmat oddiy ishlaydi. Foydalanuvchi muzlatgichining ichki qismini Refrigerdating.com saytiga yuklaydi. Keyinchalik, foydalanuvchilar o’zlariga yoqqan fotosuratlarni o’ng tomonga, yoqmaganlarini esa chap tomonga surib qo’yadilar. Muloqotni boshlash uchun foydalanuvchilar bir-biriga yoqishi kerak.