Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan viloyatdagi paxta tozalash korxonalaridan birida o‘tkazilgan nazorat tadbirida sodir etilgan talon-torojlik aniqlangan, deb xabar beradi Bosh prokutratura matbuot xizmati.
Unda korxona texnik chigit tovarshunosi A.K. Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi M. ismli shaxs bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2018 yil hosilidan ishlab chiqarilgan ikkinchi nav birinchi sinfli jami 101,7 ming kilogramm miqdordagi texnik chigitni 11 ta yuk tashuvchi mashinalarda soxta hujjatlar asosida olib chiqib ketayotganda qo‘lga olingan.
Texnik chigitning umumiy qiymati 116,5 mln so‘mni tashkil etadi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.