2019 yilning boshida Andijon viloyatidagi 35 ming 619 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarning byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalar oldidagi soliq qarzi 404 mlrd. 300 mln. soʻmni tashkil etardi, fevral oyiga kelib, 52 mlrd. 300 mln. soʻmga kamaytirildi, deb xabar berdi Davlat soliq qo’mitasi matbuot xizmati.
“Qarzdor soliq toʻlovchilarning bankdagi hisobvaraqlariga inkasso topshiroqnomalari qoʻyilishi natijasida byudjetga 5 yarim mlrd. soʻm tushishi taʼminlandi. Soliq kodeksining 65-moddasiga asosan, soliq qarzini qarzdorlarning mol-mulkiga qaratish yuzasidan yanvar oyi mobaynida iqtisodiy sudlarga 243 ta ariza kiritildi”, — deydi Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boʻlim boshligʻi Muhammadmirzo Numanov.
Ta’kidlanishicha, sud hujjatlari asosida majburiy ijro byurosining hududiy boʻlimlari bilan hamkorlikda 33 mlrd. 700 mln. soʻm mablagʻ undirib olindi. Hozirda majburiy ijro byurosining ish yurituvida 113 mlrd. 400 mln. soʻmlik ijro hujjatlari bor.