Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan joriy yilning yanvar oyida oʻtkazilgan profilaktik tadbirlarda jami 254 mln. 300 ming soʻmlik aksiz markasi mavjud boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, qonuniy chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Yashnobod tumani, Sodiq Azimov koʻchasidagi bekatda joylashgan savdo doʻkonida oʻtkazilgan profilaktik tadbir jarayonida aksiz markasi mavjud boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 11 turdagi 2 mln. 99 ming soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi.
Xuddi shuningdek, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi, 132a-uyda joylashgan savdo doʻkonida xorijda ishlab chiqarilgan 97 turdagi, umumiy qiymati 124 mln. 624 ming soʻmlik aksiz markasiz alkogol va 19 turdagi 5 mln. 526 ming soʻmlik tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.