“O'zbekiston temir yo’llari” yo’lovchi poyezdlar chiptalarining narxi oshishini ma’lum qildi.
2019 yilning 1 martidan boshlab “Afrosiyob” tezyurar poyezdlaridan tashqari barcha mahalliy yo’nalishlarda qatnovchi yo’lovchi poyezdlar chiptalarining narxi 20% ga oshiriladi.
“Bu o’z navbatida har kuni sarflanib kelinayotgan elektr energiya, xom ashyolar, harakatlanish davomida vujudga keladigan barcha harajatlarni qoplash va poyezdda xizmat ko’rsatuvchi barcha xodimlarga munosib ish haqini to’lashga zamin yaratadi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, narxlarni tartibga solish o’z navbatida poyezd yo’nalishlar sonini ko’payishiga olib keladi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlarni doimiy ravishda ta’minlab turadi.