Prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
Qarorga muvofiq, elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar 2022 yil 1 yanvarga qadar “O‘zbekenergo” AJ bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yetkazib beriladigan elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan butlovchi qismlar, xomashyo va materiallarni olib kirganlik uchun bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig’imlar bundan mustasno) to’lamaydi.
Shuningdek, elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.
Ilgari Spot elektr energiyasi iste’molini hisobga olishning Wi-Fi tizimiga ulangan innovatsion tizimi joriy etilishi haqida xabar bergan edi.