Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar narxlarini yangiladi:

  • oltin tanga 200 ming so’mga oshdi — 13,9 million so’m;
  • kumush tanga narxi ming so’mga tushirildi — 264 ming so’m.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.

Ilgari Spot xabar berganidek, bir hafta davomida qariyb 3 mingta kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar sotilgan edi.