2019 yil fevral oyining oxirida naqd pulsiz hisob kitob-qilish ko‘lamini kengaytirish, buning uchun elektron hisob-faktura tizimini tezroq joriy etish zarurligi ta’kidlagan edi.

Davlat soliq qo’mitasi “O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi loyihani muhokama uchun taqdim etdi.

Unga ko’ra, 2019 yil 1 apreldan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun hisobvaraq-fakturalarni elektron rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi joriy etilishi taklif qilinmoqda.

Ryespublikadagi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab joriy etilishi ko’zda tutilmoqda.

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida hamda Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida hisobvaraq-fakturani tajriba tariqasida elektron usulda joriy etish yoʻlga qo’yilgan.

Loyiha rad etilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.