GM Uzbekistan shu kunlarda aholiga juda ham arzonlashtirilgan narxlarda yangi avtomobil taklif qilib, aldov yo‘li bilan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirayotgan “tadbirkorlar"ning firibgarlik yuzasidan ogohlikka chaqirdi:
“Ayrim firmalar firibgarlik bilan juda arzonlashtirilgan narxlarda xaridorlarga yangi avtomobil taklif qilib, natijada na avtomobil va na pulni qaytarib bermagan. Bugun o‘nlab insonlar ana shunday firibgarlarning qurboniga aylanishga ulgurgan”, deyiladi xabarda.
Kompaniya yangi avtomobillar savdosi bilan faqatgina kompaniyaning rasmiy dilerlari shug‘ullanishini ma’lum qilgan holda ogoh bo‘lishga, firibgarlarning qurboniga aylanmaslikka chaqirib, bu kabi qonunga hilof holatlarning guvohi bo‘lganda darhol kompaniyaning 78 141 77 77 “Ishonch telefonlariga” qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi.
Kompaniya rasmiy dilerlarining to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.