“O'zbekiston temir yo’llari” AJ chegirmalar taqdim etishini ma’lum qildi.
2019 yilning 21 — 24 mart kunlari mahalliy yo’nalishlarda yo’lovchilarga chegirmalar:
- Nafaqaxo’rlar, nogironlar, 1941−1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan — 50%;
- Oliy o’quv yurtlari talabalari, maktab o’quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalari — 15%;
- Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo’lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to’lmagan bolasi bo’lgan ona) (nikox guvoxnomasi va qarindoshlikni belgilovchi xujjatlar nusxasi taqdim etilgan xolda) — 15%;
- Kollektiv (hamkasabalarga) (4 kishidan ortiq — yo’riqnoma asosida) — 15%;
- “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo’lovchilarga — 10%.
Shuningdek, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ joriy yilning 5 martidan 5 maygacha № 5-sonli Toshkent — Moskva, № 149-sonli Andijon — Moskva hamda № 381-sonli Toshkent — Ufa yo’nalishlarida harakatlanadigan xalqaro yo‘lovchi poyezdlariga qo‘shimcha chegirmalar joriy etilganini ma’lum qildi.