“O‘zavtosanoat” AJ 27 fevral kuni Namangan viloyatining Norin tumanida velosiped ishlab chiqarish korxonasi “Norin Moto Bike” MCHJni ishga tushirdi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
“Lifan Group Co.Ltd” kompaniyasi ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
Ta’kidlanishicha, mazkur loyiha O‘zbekistonning 2019 yilgi Investitsion dasturiga kiritilgan bo‘lib, uning doirasida mamlakatga 200 ming $ investitsiya jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.
Korxonada dastlab ishlab chiqarish hajmi yiliga 150 mingni tashkil qiladi va mazkur ko‘rsatkich bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Kelgusida “Norin Moto Bike” MCHJda mototsikllar, tritsikllar, skuterlar va mopedlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
“Norin Moto Bike” zavodi xodimlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan oldin Xitoyda tajriba o‘tab qaytgan. Yangi zavod hozirda 150 dan ortiq mahalliy aholini ishga joylashtirish imkonini beradi, kelgusida ish o‘rinlarini 500 taga yetkazish rejalashtirilgan.