Moliya vazirligi G’aznachilik boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Azamat Fazilov tayinlandi. Bu haqda vazirlikning telegramdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Azamat Fazilov 1980 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bakalavr va 2003 yilda Bank-moliya akademiyasi magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.

Moliya vazirligi tizimidagi mehnat faoliyatini 2000 yilda Samarqand shahar moliya bo‘limida 1-toifali mutaxassis lavozimidan boshlagan, keyinchalik vazirlik tizimida turli mas’ul va rahbarlik lavozimlarda, xususan Respublika maqsadli Kitob jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasining ijrochi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Moliya vazirligi markaziy apparati Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi direktori lavozimlarida ham mehnat kilgan. Moliya vazirligidagi ish staji 19 yil.

Ilgari Spot Garvard Universitetini tamomlagan G’olib Xoljigitov Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining direktori — Moliya vazirining o’rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edi.