Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar narxlarini yangiladi:

  • Oltin tanga narxi 500 ming so’mga tushirilib 13,4 million so’mni tashkil etdi.
  • Kumush tanga narxi 12 ming so’mga tushirilib 254 ming so’mni tashkil etdi.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.

Ilgari Spot xabar berganidek, bir hafta davomida qariyb 3 mingta kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar sotilgan edi.