Meizu kompaniyasi Xitoyda o’zining yangi Meizu Note 9 hamyonbop smartfonini namoyish qildi.

Qurilma 2,5D shisha va Full HD+ kenglikdagi 6,2 dyuym displeyga ega bo’ldi. Ekran old panel maydonining 89,23%ini egallaydi. Bu ushbu narxdagi smartfon uchun juda yahshi ko’rsatkich.

Sakkiz yadroli Snapdragon 675 protsessori qurilma “yuragiga” mas’ul bo’lib, u 4/6 Gb operativ xotira bilan ishlaydi. Yangilik, shuningdek, 4000 mAh akkumulyator, 18 Vattli tezda quvvatlagich va USB-C porti bilan jihozlangan.

Smartfon 48 + 5 megapikselli asosiy qo’shaloq kameraga va 20 Mp old kameraga ega bo’ldi. Asosiy modul, afsuski, Sony IMX586 emas, balki Samsung GM1.

Meizu Note 9 Flyme 7.2 qobig’idagi Android 9 Pie’da ishlaydi. Bundan tashqari, qurilmada quloqchinlar uchun joy, Dual 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 ac (2.4GHz / 5GHz), Bluetooth 5 LE, GPS + GLONASS va barmoq izlari skaneri ham mavjud.

Qurilmaning 4/64 Gb versiyasi 208 $ga, 6/64 GB va 4/128 Gb versiyalari esa 238 $ga baholanmoqda. Smartfon 11 mart kuni Xitoyda sotila boshlanadi. Korpus uch xil rangda mavjud bo’ladi: qora, oq va yorqin moviy.