Prezidentning ayrim hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga binoan, tijorat banklarida naqd pul mablag‘lari berilishi monitoringi bo‘yicha maxsus bo‘linmalar faoliyati to‘xtatildi.

Endilikda Markaziy bank mijozlarning naqd pulga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash uchun tijorat banklari kassalarida naqd pullar yetarliligi bo’yicha doimiy monitoring o’rnatadi va tijorat banklari cheklanmagan miqdorda naqd pul bilan ta’minlanadi.

Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining filiallaridagi naqd pul zaxiralari hajmining eng kam miqdorini tasdiqlashiga oid amaliyot bekor qilindi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, naqd pul tushumiga ega bo’lgan barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini banklarga topshiradilar.

Bunda eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq kunlik naqd pul tushumiga ega xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar pulni bankka o‘zlari yoki inkassatsiya xizmati orqali topshiradi. 20 baravardan kam bo‘lganlar esa pulni inkassatsiya xizmati orqali o‘zlari belgilaydigan davrda yoki mustaqil topshiradi. Ilgari, pulni mustaqil topshirish tartibi nazarda tutilmagan edi.