Uzcard tizimda yuz berishi mumkin bo’lgan nosozliklar haqida ogohlantirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Spot’ga xabar berdi.

Buning sababi shundaki, bayramlardan oldin tranzaksiyalar soni bir necha bor ortdi va ba’zi terminallarda vaqti-vaqti bilan nosozliklar kuzatilib, tranzaksiyalar sekinlashdi.

Kompaniya ta’kidlashicha, uzilishlar ikki-uch soat ichida kuzatiladi.

Payme’da muntazam ravishda mablag' qoldig’i noto’g’ri ko’rsatilmoqda. Spot murojaatiga javoban kompaniyada ta’kidlashlaricha, ular Yagona umumrespublika protsessing markazi ma’lumotlariga yetib bora olmayabdilar.