Spot tahririyatiga samarqandlik tadbirkordan xat keldi: Komfort Dizayn kompaniyasi ijaraga olgan bino nol qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish uchun savdoga qo‘yilgan va ijarachilar (uch hammuassis, shu jumladan turkiyalik investor) inshootni yaxshilash uchun 5 mlrdan ortiq mablag‘ kiritganlari va uni qo‘lga kiritish uchun birinchi navbatdagi huquq egasi ekanliklariga qaramay boshqa kompaniyaga sotib yuborilgan.

Spot bu keys bo‘yicha xat matni va Buyuk Kelajak yurist va ekspertlari Bahrom Ismoilov va Azamat Shokirovlarning sharhlarini keltiradi.

Bexbud Usmonov

Komfort Dizayn MCHJ hammuassisi va direktori

Kompaniyamiz 2017 yil 26 mayda tashkil topgan. Ijaraning uch tomonlama shartnomasi bo‘yicha jamiyatimiz Samarqand tumanining O‘rtashiq qishlog‘idagi eski tashlandiq binoni oldi. Bino maydoni 1301,1 m² bo‘lib, ilgari bu yerda ombor joylashgan edi.

Obyektni olgandan keyin biz XXRdan 5 mlrd so‘mlikdan ortiq jihoz-uskunalar keltirdik, 36 nafar xodimni ishga oldik. Uch oydan ortiq vaqt davomida tashlandiq hududni obodonlashtirdik: butun maydonni 80 sm qalinlikdagi temir-beton bilan qopladik (biz ishlaydigan uskunalar mustahkam poydevorni talab qiladi), mahsulotlarni quritish uchun beton inshootlar qurdik.

Bizga qadar hududda transformator podstansiyalar yo‘q edi, shuning uchun biz uni 65 mln so‘mga sotib oldik va hovliga o‘rnatdik, shuningdek, korxonani elektr va suvbilan ta’minlash uchun suv chiqarish minorasini sotib olib o‘rnatdik.

Biz 18 turdagi alyumin mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Ish yurishib ketdi, buyurtmalar kela boshladi, xonadonlarimizda ertangi kunga ishonch paydo bo‘ldi. Biz baxtli edik.

Biz shuningdek ishlab chiqarishga qo‘shimcha 5 mlrd so‘m investitsiya kiritishni, yanada sifatliroq jihozlar sotib olib, maxsulotni eksport qilishni rejalashtirgan edik.

Bino qanday qilib savdoga qo‘yildi?

2018 yil mart oyining ohirlarida, u paytlarda Samarqand viloyatiga xali Turobjon Jo‘rayev hokim edi (viloyatni 2017 yil iyundan boshqardi, bir yildan so‘ng jinoiy harakatlar sodir etganlikda ayblanib, lavozimidan ozod qilindi, ish sudga oshirildi — Spot), kompaniyamizga Davlat mulki ijarasi markazidan Aziz ismli mutaxassis kela boshladi.

U bizga ijara shartnomasini bekor qilish va binoni Samarqand viloyati hokimining 2018 yil 14 fevraldagi №-92-R sonli qaroriga muvofiq (hujjatda ob’ekt “bo‘sh yotgan, foydalanilmayotgan bino va qurilish ombori inshooti” sifatida ko‘rsatilgan, balansda tutuvchi — Samarqand viloyati hokimligining injiniring kompaniyasi — Spot) investitsiya majburiyatlarini bajarish yo‘li bilan nol qiymati bo‘yicha tanlov asosida mulk sifatida olishga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi.

Bizning kiritmalarimiz va yaratgan ish o‘rinlarimiz miqdorini hisobga olgan holda tanlov hay’ati o‘zimiz foydalanayotgan binoni bizga albatta berishiga ishontirishdi. Bu ishontirishlar ta’sirida biz rozi bo‘ldik va ijarani to‘xtatish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladik.

Bizning ishlab chiqarish uchun tayyor binomiz noqonuniy ravishda bo‘sh yotgan inshoot sifatida tanlov savdosiga qo‘yildi.

Noqonuniyligi — bu Prezidentning “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonining qo‘pol ravishda buzilishi bo‘lib, unda obyektni modernizatsiyalashtirgan va mukammal ta’mirdan chiqargan davlat mulki obyektining ijarachisiga uni xususiylashtirishda ijaraga olingan obyektni birinchi navbatda sotib olish uchun ustun huquq beriladi, deyilgan.

Samarqand viloyati hududiy tanlov komissiyasi Prezidentning bu farmonini qo‘pol ravishda rad etdi.

Biz qay yo‘sinda harid huquqidan mahrum bo‘ldik?

Savdo 2018 yilning 10 may kuni bo‘lib o‘tdi. Tanlov boshlanishidan oldin viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, tanlov komissiyasi raisi Shunqor Xudoyberdiyev avval Samarqand va Samarqand tumanidan tashqaridagi obyektlar ko‘rib chiqilishini e’lon qildi, shuning uchun bizdan tumanlardagi da’vogarlarga mo‘ljallangan xonadan vaqtincha chiqib turishni iltimos qildi.

Biroq, biz zalni tark etgandan 10−15 daqiqa o‘tgandan keyin hay’at bizning obyektga da’vogarlar takliflarini ko‘rib chiqqanini va Gidro Kapital Melio Qurilish MCHJ (qurilish tashkiloti — Spot) g‘olib bo‘lganini e’lon qilishdi.

Fikrimizcha, biz ushbu binoda bir yildan ortiq vaqtdan buyon ish olib borayotganimiz, kapital ta’mirlaganimiz, ulkan miqdordagi jihoz-uskunalar o‘rnatganimiz, bino ko‘pdan buyon bo‘sh emasligi, unda alyumin ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi 36 dan ortiq xodim ish olib borayotgani va har oyda oylik maosh olayotgani haqida komissiyaga aytib qo‘ymasliklari uchun rais ataylab jamiyatimiz vakillarini xonadan chiqarib yuborgan.

Komfort Dizayn ishlab chiqarishida. Foto: arxivdan

Davlat mulki obyektlarini nol to‘lov qiymati bo‘yicha sotib olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda hududiy tanlov komissiyasi tuman hokimligi yoki balansda tutuvchilarning davlat mulki obyektlarini sotish bo‘yicha takliflarini quyidagi mezonlarning bir yoki bir nechtasiga ko‘ra ko‘rib chiqishi lozimligi aytilgan:

  • harakatsizlik, doimiy zarar ko‘rish, past rentabellik (5% dan ko‘p emas);
  • korxonaning iqtisodiy nochorligi va to‘lov qobiliyatiga ega emasligi;
  • davlat mulki obyektida bir yoki bir necha muhandislik kommunikatsiyalari (gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, o‘tish yo‘llari) mavjud emasligi;
  • aholi punktidan tashqarida joylashgani;
  • ikki yildan ortiq vaqtdan beri bo‘sh yoki foydalanilmayotgani;
  • tugallanmagan qurilishli va uni nihoyasiga yetkazish uchun moliyalashtirish manbaiga ega bo‘lmasligi va hokazo.

O‘zingiz hukm chiqaring, bizning ob’ekt bu mezonlarning qaybiriga mos keladi? Faqat bu mezonlarga muvofiq emasligining o‘zi bilanoq sud hududiy tanglov komissiyasining 2018 yil 10 maydagi qarori va bayonnomasini haqiqiy emas, deb topishi lozim edi, zero, ular va obyektlar ro‘yxatini shakllantiruvchi komissiyaning boshqa harakatlari qonun hujjatlariga mutlaqo zid.

“Biz umid uzmaymiz”

2018 yilning may oyida Prezidentning virtual qabulxonasiga va turli huquq-tartibot organlariga shikoyat bilan murojaat qildik, shuningdek, Samarqand ma’muriy sudiga noqonuniy o‘tkazilgan tanlov qarorini bekor qilish talabi bayon etilgan ariza berdik.

Sudya J.Karimov raisligida ma’muriy ishlar bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2018 yil 25 avgustdagi qarori bilan mening Samarqand viloyati hokimligining tanlov komissiyasi 2018 yil 10 mayda chiqargan qarorini haqiqiy emas deb topish va biz egallab turgan binoga mulkiy egalik huquqi berilishi to‘g‘risidagi majburiyatni yuklash haqidagi arizam qoniqarsiz qoldirildi.

2018 yil avgustida rahbariyatimiz ikki marta Samarqand viloyatining yangi hokimi Erkinjon Turdimov qabulida bo‘ldi. Hokim bizni tinglab, hokim o‘rinbosari Shunqor Xudoyberdiyevga va Samarqand viloyati xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sobir Holmatovga har qanday yo‘l bilan tanlov komissiyasining noqonuniy qarorini bekor qildirish va binoni bizning MCHJga mulkiy egalik huquqi bilan o‘tkazish haqida topshiriq berdi. Bu topshiriq tadbirkorlarni qabul qilish bayonnomasida o‘z aksini topgan.

Hokim topshirishg‘ini nafaqat bajarishmadi, aksincha, Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi ma’muriyati o‘sha Xolmatov boshchiligida Toyloq iqtisodiy sudiga bizning MCHJni majburiy ravishda binodan chiqarib yuborish talabi bilan murojaat qildi, ya’ni, viloyatning eng yuqori rahbariyati topshirig‘ini rad etdi va davlat mulkini o‘zlariga maqbul tadbirkor foydasiga, buning ustiga nol qiymatda sotishdan o‘ta manfaatdor ekanini namoyish qildi.

2018 yilning 5 sentyabrida Toyloq iqtisodiy sudining qarori bilan obyektdan jamiyatimiz vakillarining majburiy chiqarib yuborish to‘g‘risidagi da’vo arizasi qondirildi. Hozir ishimiz Oliy Sudda ko‘rib chiqilmoqda, biz qarorni kutyapmiz. Obyekt esa Gidro Kapital Melio Qurilish balansiga o‘tkazilgan, har kuni hokimlikdan bizga binoni bo‘shatish iltimosi bilan kelishadi. Biroq bizning boradigan yerimiz yo‘q: barcha jihoz-uskuna va tovarlarimizni qayerga joylashtiramiz? Buning ustiga ko‘chish uchun ham ozmuncha mablag‘ talab etilmaydi.

Biz adolat qaror topishi va yaqin vaqt ichida ishsiz bo‘lib qolishlari mumkin bo‘lgan 36 nafar xodimning konstitutsion huquqlari tiklanishiga umid qilamiz. Biz katta mehnat bilan yaratganish o‘rnini noqonuniy ravishda olib qo‘yishga harakat qilinayotgan tadbirkorlarning kamsitilgan huquqlari ro‘yobga chiqishi lozim.

Ekspertlar sharhlari

Bahrom Ismailov

Yurist, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi boshlig‘ining maslahatchisi, RF Davlat dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi ekspertlar kengashi a’zosi, Buyuk Kelajak ekspertlar kengashi ta’sischisi.


Prezidentning 2017 yil 17 yanvardagi № UP-4933 sonli “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonini o‘qiymiz.

Ushbu farmon bilan haqiqatan ham yangi ish o‘rni yaratilishiga olib kelgan asosiy fondlarni modernizatsiyalash va kapital ta’mirlashni amalga oshirgan davlat mulki ijarachisiga (“Komfort Dizayn"MCHJ) ijaraga olingan obyektni xususiylashtirishda uni birinchi navbatda qo‘lga kiritish bo‘yicha imtiyozli huquq belgilab qo‘yilgan.

Shunday qilib, Samarqand viloyati hokimligi Prezident Farmonining mazkur talabini e’tiborga olmay, davlat mulki obyektini noqonuniy ravishda boshqa da’vogarga sotgan.

Azamat Shakirov

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi advokati, Innoventier (Osaka, Yaponiya) yuridik kompaniyasidaamaliyotda bo‘lgan xalqaro yurist, ilgari — Nishimura&Asahi va Kitahama Partnersda ishlagan, Buyuk Kelajak kengashi eksperti.

Ushbu yuridik baho Komfort Dizayn MCHJ tadbirkori da’volariga asoslanayotganini qayd etaman va men quyidagi masalalar bo‘yicha shunday mavqeni qo‘llab-quvvatlayman:

Hokimiyat vakillari tomonidan qonun buzilishi bo‘lganmi?

Davlat mulk qo‘mitasining hududiy boshqarmasi qoshidagi Davlat mulki ijarasi markazi, shuningdek, joylardagi (hokimlik) davlat boshqaruv organlari vakillarining hatti-harakatlari g‘ayriqonuniy va Prezident tomonidan imzolangan qonunlar talablarining qo‘pol ravishda rad etilishi, deb hisoblayman.

Birinchidan, yuqorida bayon etilgan da’volardan kelib chiqib, markaz va hokimiyatning harakatlari ijaraga olingan mulkka taalluqli uchinchi shaxsning manfaatlarini qondirish uchun qandaydir noqonuniy foyda mavjudligi haqidagi fikrni keltirib chiqaradi.

Ahir ijaraga olingan obyekt boshidan nol qiymat bo‘yicha realizatsiya qilish uchun mezonlarga mos kelmasligi shubhasiz edi. Komfort Dizayn kompaniyasi uni Prezidentning 2017 yilning 17 yanvardagi Farmoni asosida, biroq nol qiymatda emas, balki foydali shartlar bilan sotib olishi mumkin edi.

O‘ylaymanki, markaz va hokimlik vakillari ijaraga olingan mulkni qaytarib olish maqsadida tadbirkorlarning bu boradagi bilimi yetarli emasligidan foydalanganlar va shu yo‘sinda ularga ijara shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi hujjatni imzolashni taklif qilib, yo‘ldan adashtirganlar.

Mulkni kapital ta’mirlash uchun mo‘maygina mablag‘ kiritilgani dalilini hisobga olganda, birinchi navbatda, sudga chalg‘itish ta’siri ostida amalga oshirilgan bitimning (ijara shartnomasini to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim) haqiqiy emasligi asosida ko‘rilgan zararni undirib berish talabi bilan sudga murojaat qilib mulkni qaytarib olish to‘g‘ri bo‘lar edi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 122 moddasiga ko‘ra muhim ahamiyat kasb etuvchi chalg‘itish ta’siri ostida amalga oshirilgan bitim sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.

Shunday qilib, suddan ijara shartnomasini to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni bekor qilish qarorini kutish mumkin edi. Tadbirkorlar ushbu ob’ektga nisbatan o‘z haq-huquqlarini bilmaganlar, davlat hokimiyati vakillari esa vaziyatdan foydalanib, shartnomani imzolashni so‘raganlar. Qayd etish joizki, amalda bunday holatlar ko‘p uchraydi. Xaridorgir obyektlardan manfaatdorlik tufayli bu holatdagi kabi noqonuniy choralar qabul qilingani ehtimoli yo‘q emas.

Ushbu noqonuniy hatti-harakatlar e’tiborsiz qoldirilmasligi kerak. Prokuratura, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoyalash bo‘yicha Vakillik instituti (Ombudsman) va boshqalarga murojaat qilishdan to‘xtamaslikni maslahat beraman. Ayni paytda Komfort Dizaynning Oliy sudda ko‘rilayotgan ishining holati qanday ekanligi menga noma’lum, biroq, umid qilamanki, kompaniya da’volari sud tomonidan hisobga olinadi.

Binoni qaytarib olish mumkinmi va qanday qilib?

Binoni ijarada foydalanish uchun qaytarib olish mumkin, deb uzil-kesil xulosa chiqarish mumkin emas. Bu o‘rinda hammasi sudda keltirilgan dalillar va qo‘yilgan maqsadga bog‘liq. Agar Oliy sudning qarori Komfort Dizayn foydasiga hal bo‘lmasa, binoni yaxshilashga ketgan harajatlarni undirib olish umidi bor, albatta agar bu ijara shartnomasidan o‘rin olgan bo‘lsa. O‘zbekiston Respublikasi FKning 555 moddasiga ko‘ra, mulkni yaxshilash uchun ijarachi tomonidan amalga oshirilgan ajratmalar uning mulkihisoblanadi, agar shartnomada boshqacha jihatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.

Agar ijarada turuvchi o‘z mablag‘lari hisobidan va ijaraga beruvchining roziligi bilan mulkka zarar keltirmagan holda uning holatini yaxshilagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi shartnoma to‘xtatilgandan so‘ng amalga oshirilgan ishlar qiymatini undirib olishi mumkin. Albatta, agar shartnomada boshqa jihatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.

Biroq shuni ham hisobga olish kerakki, ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchining roziligisiz mulkda amalga oshirilgan yaxshilanishlar qiymati undirib berilmaydi, agar qonun bilan boshqa jihatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.

Tadbirkorlar qanday xulosa chiqarishlari lozim?

Agar chalg‘itib, aldov yo‘li bilan ijara shartnomasini bekor qilishga majbur qilgan bo‘lsalar, bu dalil aniqlanganda chalg‘itishva aldov yo‘li ta’siri ostida tuzilgan ijara shartnomasini bekor qilish haqidagi hujjatni bekor qilish da’vosi bilan sudga ariza berish maqsadga muvofiq. Takrorlayman, amalda bunday holatlar ko‘p uchraydi.

Afsuski, hokimlik va boshqa davlat organlarining hatti-harakatlari nafaqat tadbirkorlar, balki umuman O‘zbekiston xalqining ishonchini poymol qilayotgan holatlar uchrab turadi. Shartnomalar yoki boshqa hujjatlarni imzolashda hamisha malakali yuristlar bilan maslahatlashing.

Ijara shartnomasini tuzishda ijaraga beruvchining roziligini olib, binoni o‘z hisobidan kapital ta’mirlash to‘g‘risidagi me’yorni kiritish maqsadga muvofiq.

So‘zimning oxirida amaliyotdan kelib chiqqan holda qayd etishni istardimki, sizning masalalaringizni xal etishda u yoki bu organga og‘zaki tarzda murojaat qilishkutilgan natijani berishi qiyin. Hamisha yozma ravishda murojaat qiling va bunda yuristlar bilan maslahatlashishni unutmang.

Spot tahririyati tegishli organlar bu holatga e’tibor qaratadi va uni adolatli hal etishda yordam ko‘rsatadi, deb umid qiladi. Biz esa voqealar rivojini kuzatamiz.