Huawei Xitoyda Nova 4e smartfonini taqdim etdi. Bu haqda “Gizchina” xabar berdi.

Qurilma Full HD + va va keng o’lchamdagi 6,15 dyuymli displeyga ega bo’ldi. Unda sun’iy intellekt funksiyasiga ega yorug’lik kuchi f / 2.0 bo’lgan 32 megapikselli old kamera o’rnatilgan.

Smartfonning ishlashi uchun 4/6 Gb operativ xotira bilan ishlaydigan sakkiz yadroli Kirin 710 protsessori javobgar. Ichki xotira — 128 Gb. Ikkita sim va microSD xotira kartasi uchun joy ham mavjud. Qurilmada EMUI 9.0.1 qobig’ida ishlaydigan Android 9 Pie o’rnatilgan.

Huawei Nova 4e ning asosiy xususiyati uning uchta kamerasi hisoblanadi. Birinchi asosiy modul 24 MP, ikkinchisi — 2 MP uchinchisi — 8MP. Qurilmaning orqasida ham barmoq izlari skanerlari joylashtirilgan. Batareya quvvati — 3340 mAh.

Qurilmaning 4/128 Gb versiyasi 298 $ga, 6/128 esa 342 $ga baholandi.