Irlandiyaning “Ookla” kompaniyasiga qarashli Speedtest.net sayti 2019 yil fevral oyi yakunlari bo’yicha dunyodagi simsiz va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e’lon qildi.

O’zbekiston fevral oyidagi mobil internet tezligi bo’yicha 8,75 Mbit / s bilan ikki pog’ona ko’tarilib 129 o’rinni egalladi (136 o’rin).

Simli tezlik bo’yicha esa 11,68 Mbit / s tezlik bilan esa 177 dan 130 o’rinni egalladi.


Norvegiya reytingda mobil internet tezligi bo’yicha (67,34 Mbit / s), Singapur esa simli tezlik (195,36 Mbit / s) bo’yicha yetakchilikni qo’lga kiritdi.

Speedtest tezlikni hisoblab chiqadi va ma’lum bir mamlakatning tashrif buyuruvchilaridan kelgan o’zining ma’lumotlariga asoslanib reyting yaratadi. Sayt oyiga 150 milliondan ziyod kishi tashrif buyuradigan internet tezligini aniqlash bo’yicha asosiy servislardan biri sanaladi.