Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi banklardan birida o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida bank xodimlari fuqarolarning plastik kartochkalaridagi pullarini o‘g‘irlaganliklari aniqlandi, xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Bankning bir guruh mansabdor shaxslari bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqaroning bank plastik kartochkalaridan 2 yil davomida jami uch million so‘mdan ortiq pullarini, ularning login va parollaridan foydalangan holda talon-taroj qilish yo‘li bilan o‘g‘irlab kelganlar.

Mijoz ishonchini oqlay olmagan yuqoridagi bank xodimlariga (tergov manfaatlaridan kelib chiqqan holda bank nomi va gumondorlar ismi oshkor qilinmadi) nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.