“O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan taqdim etilayotgan “Bortda Internet” xizmati narxlari ma’lum qilindi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Bortda Internet” xizmati Milliy aviakompaniyaning internetga ulangan simsiz Wi-Fi tizimi bilan jihozlangan yangi Airbus A320neo havolaynerida mavjud.

Yo‘lovchilarga to‘rt turdagi paketlar taklif etiladi:

  • Lite — tezkor messendjerrlarni ishlatish uchun 20 Mb;
  • Medium- ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish yoki yangiliklar saytlariga kirish uchun 50 Mb;
  • Stream — 120 Mb online ish yoki internetga chiqish uchun qulay internet;
  • Business — 220 Mb mazkur xizmatning imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish.

Internet tarif rejasining eng kam narxi — 5.95 $. Biznes-klass yo‘lovchilari uchun 50 Mb Internet to‘plami bepul taqdim etiladi.

Samolyotda simsiz internetga kirish uchun xalqaro Visa bank kartalari va Uzcard milliy to‘lov tizimi yordamida to‘lovlarni amalga oshirish va bundan tashqari, ushbu xizmatni uchishdan kamida bir sutka oldin aviakompaniyaning rasmiy saytida rasmiylashtirish mumkin.

Internet tarmog‘iga ulangan MAK qatnovlari haqidagi ma’lumotlarni aviakompaniyaning saytidagi “Bo‘sh o‘rinlar” interfaol xizmatlar bo‘limidan olish, parvozdan bir kun oldingi qatnovlarga oid ma’lumot esa, “Bortda Internet” bo‘limida mavjud.