Prezident qaroriga muvofiq, eksperiment tariqasida barcha toifa xo‘jaliklarda naslchilik, shu jumladan, sun’iy urug‘lantirish va servis xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etiladi.

Eksperiment Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi “OʻZNASLCHILIK” davlat korxonasi tomonidan 2019 yilda Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida amalga oshiriladi.

Aholi, fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar qaramog‘idagi sigirlarni sun’iy urug‘lantirish eksperiment natijasidan kelib chiqib, ushbu tajribani keyingi yillarda respublikaning barcha hududlarida joriy qilinadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi “OʻZNASLCHILIK” davlat korxonasiga quyidagilarni ta’minlash vazifasi yuklatildi:

  • moddiy-texnika vositalarining samarali va maqsadli ishlatilishini;
  • sun’iy urug‘lantirilgan sigirlarning hamda ulardan olingan buzoqlarning elektron hisobi yuritilishini;
  • Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida “OʻZNASLCHILIK” davlat korxonasining filiallari tashkil etilishini.