GM Uzbekistan Navro‘z bayrami munosabati bilan Malibu va Tracker avtomobillariga 3% chegirma e’lon qildi.

Aksiya joriy yilning 19 martidan e’tiboran kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirgan holda ushbu avtomobillarni xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarga taqdim etiladi va 31 martga qadar amal qiladi.

Bundan tashqari bugungi kunda kompaniya foizsiz muddatli to‘lovga ham ushbu modeldagi avtomobillarni xarid qilishni taklif qilmoqda.

Unga ko‘ra, xaridor 215 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu Turbo, 190 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu, hamda 128 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini 2 yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi.

Avtomobilni muddatli to‘lovga xarid qilgan mijozlarga 3%li chegirma amal qilmaydi.