Moskvada tug‘ilib o‘sgan Filipp Gorbunov Toshkentga 2010 yili Nestle Uzbekistanni boshqarish uchun kelgan edi. Bu yerda to‘rt yildan ortiqroq ish olib borib, keyin yana Rossiyaga qaytdi, negaki O‘zbekistonda “turg‘unlik hukm surardi”. Biroq o‘tgan yili bu yerda unga Balton Trading Asia (uning portfeliga Nestle kompaniyasi va boshqa mashhur xalqaro brendlar mahsulotlari kiradi) distribyutorlik kompaniyasi bosh direktori lavozimini taklif qildilar va u qaytdi.

Dastlabki taassurotlar: “Odamlarda biznes-tajriba yo‘qligi ko‘rinib turardi”

Men Moskvada tug‘ilib o‘sdim, MDUning iqtisodiyot fakultetini tugatdim va Nestle kompaniyasida, jumladan uning ichki audit bo‘limida16 yil ishladim. Men topshiriq olib qisqa muddatga mamlakatlarga borib odamlar qanday ishlayotgani, korporatsiya tartib-qoidalariga qanday rioya etayotganlarini tekshirar edim. Butun dunyoni ko‘rish imkonini beruvchi juda qiziqarli ish.

2010 yilning mayida rahbariyat menga Nestle Uzbekistan ofisini boshqarishni taklif qildi va bu 28 yoshda rad etib bo‘lmaydigan taklif edi. Mening xizmat safarim bitimi muddati ikki yilni tashkil etardi va men rahbarimga, ofis devoriga taqvim osib qo‘yishimni, O‘zbekistonda o‘tadigan har bir kunni belgilab borishimni aytdim. Ikki yil va undan bir kun ham ko‘p ishlamayman.

Men deyarli butun dunyoni bilardim, biroq O‘zbekistonni shu qadar bilmas edimki, bu yerga kelgandan keyin qayerga kelib qolganimni gugl orqali anglashga to‘g‘ri keldi. U vaqtlarda gugl ma’lumotlarga hozirgidek boy bo’lmaganligi sababli, faqatgina mamlakat dengizdan uzoqda ekanligi va unda konvertatsiya bilan bog‘liq muammolar borligini bilib olishga muvaffaq bo‘ldim.

Asriy tarixga ega bo‘lgan katta kompaniyalarda hamma narsa juda sekin yuz beradi va mehnating natijalari uch, besh, o‘n yillardan keyin ko‘rina boshlaydi. Men boshlangan loyihalar miqdori va yangilanishlar hajmi shu qadar ulkan bo‘lib chiqishi, shuning uchun ikki yil kam ekanligi haqida o‘ylab qoldim. O‘zbekcha ofisimning inglizcha darajasi hayron qoldirdi, u Moskvadagi inglizcha darajadan ancha yuqori edi. Biroq, mamlakatning yopiq ekani uchun odamlarda biznes-tajriba mutlaqo yo‘qligi ham ko‘rinib turardi, ammo ajoyib jamoa tashkil qilish uchun juda yaxshi imkoniyat borligi ham haqiqat edi.

Nestle kompaniyasi — O‘zbekistonning azaliy hamkoridir. U mamlakatga 1999 yili investitsiyalar to‘g‘risidagi bitim imzolangan va 2002 yili Namangandagi zavod ishga tushirilgan vaqtlar kirib keldi. U vaqtlar mamlakatda xalqaro korporatsiyalardan Nestle, “UzBAT” va Carlsberg faoliyat olib borardi.

Qaytib kelish haqidagi qaror barcha uchun kutilmagan voqea bo‘ldi

Moskvaga qaytishimning sababi O‘zbekistondagi turg‘unlik bo‘ldi, ishlar oldinga siljimas, mamlakatda muammolarni ko‘paytirmaslik uchun biznesni rivojlantirmaslik strategiyasi hukm surardi. Band bo‘lmagan bozorda doim ko‘plab g‘oyalar uchun o‘rin bo‘lsa-da, bu g‘oyalarni ular qancha valyuta talab qilishiga qarab baholashga to‘g‘ri kelardi.

Uyda direktorlar tarkibidagi juda yaxshi mavqe kutar, ishda alohida biznes-yo‘nalish bor edi, mohiyatan, bu top-menejer karerasi cho‘qqisi edi.

Moskva — bir ish shahri, unda masofa va doimiy tiqilinchlar tufayli bir necha uchrashuvni rejalashtirishning imkoni yo’q, ish tartibi oldindan yarim yilga tuziladi. Toshkentda esa bunday emas edi, bir kunda bir necha uchrashuv o‘tkazish mumkin, boshqacha dinamika. Shunisi juda yetishmadi.

Mamlakatda o‘zgarishlar yuz bera boshlagandan keyin, men barcha yangiliklar nashrlariga obuna bo‘ldim va men uchun jonajon bo‘lib qolgan shahardagi voqealarni kuzata boshladim. Va birdan qaytib kelgim, voqealarni uzoqdan kuzatish emas, balki, ular ichida bo‘lgim keldi.

Mening qarorim barchani hayratga soldi. Tushunmay qolishdi. Nega? Rahbarim mening qaytish niyatimni mutlaqo tushunishini, ammo buni keyinroq amalga oshirishsam yaxshiroq bo’lishini aytdi.

QQS va O‘zbekistondagi boshqa o‘zgarishlar to‘g‘risida

2018 yili Toshkentga qaytdim. To‘rt yil ichida hamma narsa o‘zgarib ketgan va bu asosiy drayver bo‘ldi. Mamlakat aql bovar qilmas darajadagi sur’atlar bilan rivojlana boshladi, ularga moslashib olishga ulgursang bas. Uzil-kesil ko‘chib kelishdan avval men mamlakatga qahva bilan bog‘liq biznes bo‘yicha kelar va barcha qahvaxonalarni aylanib chiqar edim. Men uchun HoReCa — mamlakat taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi va qahvaxonalarda nafaqat yaxshi qahva, balki erkinlik isi ham ufurardi.

Albatta, his-tuyg‘ularning ham o‘z o‘rni bor. Iliq iqlim va istarasi issiq odamlar. Har qanday mamlakatda atrofingda bir xil dunyoqarashga ega bo‘lgan odamlar davrasi bo‘ladi. Toshkentda ham shunday davra shakllandi. Ular o‘zimizning odamlar edi.

Menga O‘zbekistonda juda yaxshi pozitsiya taklif etdilar. Uni yuqori yoki past deb bo‘lmaydi, bu rivojlantirish lozim bo‘lgan biznes va uning oldida huddi katta korporatsiyalarda bo‘lganidek eng qiziqarli vazifalar turadi.

“Men ketgan bo‘lardim, biroq buni keyinroq amalga oshirdim”, — men bu so‘zlarni hamisha eslayman va yo‘q, bu yerga o‘z vaqtida kelganimni tushunaman. O‘tgan vaqt mobaynida ko‘p hodisa ro’y berdi, soliq konsepsiyasi bo‘yicha qattiq bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi, keyin u qisman qabul qilindi, ikki qadam olg‘a, bir qadam orqaga.

Atrofimdagilarning ko‘pchiligiga, go‘yo biz bir nuqtada turib qolgandek tuyuladi, ularning ruhi tushib ketadi, biroq men bu aldamchi tuyg‘u ekanini yaxshi tushunaman. Chunki jarayonni tashqaridan ko‘rish imkoniyatiga egaman. Bularni xuddi, boshqalarning farzandlari tez o‘sayotgandek, o‘zingnikilar esa keksayguncha yosh bola bo‘lib ko‘rinishiga qiyoslash mumkin.

Asosiy qadam — QQSning qabul qilinishi va biz qanday munosabatda bo‘lmaylik, bu juda ijobiy holat. Dunyo keng, mehnatni bo‘lish, taqsimlash talab etiladi, biror bir mamlakatda dondan tayyor mahsulot qilish mumkin emas. QQS uzun zanjirlar va ixtisoslashuvni shakllantirish imkonini beradi, mamlakat dunyo ishlab chiqarishiga integratsiyalashgan. Konsepsiyani amalga oshirish masalasida esa hammasi yanada rivoj topadi va shakllanib boradi.

Shu bilan birga ijobiy intilishlar ko‘p narsani, shu jumladan jismoniy shaxslarning ish haqlarini ham soyadan olib chiqib, ochiqlikni ta’minlaydi. Bojxona islohotlari. Bularning barchasi katta yo‘lning bosqichlari.

Biz QQS joriy etilishiga tayyor bo‘lgan dastlabki tuzilmalardan birimiz. Hamma narsani hisob-kitob qildik va tayyorlandik. Biz uchun vaziyat unchalik o‘zgarmadi, QQS kirimlarini va qanchasini qaytarib berishimizni hisoblab chiqdik, shuning uchun 4 yanvar bizni qiyin ahvolga solmadi. Agar sen o‘zgarishlar bo‘lishini aniq bilsang va necha foizligini, 50, 60, 70 mi ekaninigina bilmasang, hammasini boshidan boshlamaslik uchun umumiy reja tuzasan.

Bir oy ishlagandan keyin aksariyat hamkorlarimizda QQSga o‘tishning ma’nosi haqida tushuncha hosil bo‘ldi, tadbirkorlar bu tizimning maqsad-vazifalarini bilib olishdi. Asosiysi ruhiy to‘siqni bartaraf etish, har qanday o‘zgarishlar yomonlikka olib kelishi haqidagi yolg‘on ishonchdan qutulish edi.

Mahalliy kompaniyalar qilganidek, bo‘linish va kichrayish yo‘li bilan undan qochish imkoniyati bo‘lgan bo‘lsa-da, yirik xorijiy kompaniyalarda QQS hamisha bo‘lgan. Katta korporatsiyalarda nafaqat bunday imkoniyat, balki bu qisqa muddatli istiqbolda foyda keltirsa-da, bunday xohishning o‘zi ham bo‘lmagan.

Islohotlar natijalari to‘g‘risida

Nestle top-menejerlaridan biri bir vaqtlar yaxshi bir gapni aytgan edi: “Vijdonli va xalol bo‘lish foydali, biroq, buni sen faqat olis istiqbolda tushunasan”. Agar sening rejalashtirish ufqing past bo‘lsa, unda sen kelajakni o‘ylamay burchaklarini kesasan va foyda olasan. Ya’ni oldinda sen to‘xtaydigan aniq bir nuqta bo‘ladi. Agar bu nuqta bo‘lmasa, unda sen besh, o‘n, ellik yildan keyin nima bo‘lishi haqida o‘ylashingga to‘g‘ri keladi. Sen asos solgan ishning taqdiri nima bo‘ladi?

Menga inglizlar va amerikaliklar to‘g‘risidagi latifa yoqadi: Amerikaliklar inglizlardan qanday qilib, shunday ajoyib gazon o‘stirishga muvaffaq bo‘lganlari haqida so‘rashibdi. Juda oddiy, deb javob qaytarishibdi ular. Mana sizga bir paket urug‘, ularni seping, har bahorda sug‘oring, o‘z vaqtida qirqib turing va yuz yildan keyin sizlarda ham huddi shunday muxtasham gazon yuzaga keladi.

Bir yangi ishni boshlaganda, inson uning samarasini juda tez ko‘rishni istaydi. Bu ma’noda O‘zbekistonning omadi keldi, chunki, uzoq vaqt davomida tashqi dunyodan ajralgan hududlardagi islohotlar va faoliyat o‘zining tezkor natijalarini ko‘rsatmoqda. Biroq, uzoq yillik istiqbolni hisobga olgan jiddiy transformatsiya ham zarur. Uzluksiz qo‘yilishi lozim bo‘lgan qadamlar kerak.

Ehtimol, realistik kutish va sabrga ega bo‘lish — bu har qanday islohot yo‘lidagi eng murakkab narsa bo‘lsa kerak.

Har bir o‘zgarishdagi eng katta tuzoq — bu sening birinchi, ikkinchi qadamlaringning o‘xshashi, uchinchi va to‘rtinchi qadamlaring esa bo‘lmasligi. Yoki voqealar harakat ko‘rinmaydigan qandaydir yassilik, turg’unlikda turib qoladi, shunda qo‘llar pastga tushadi. Biroq, hozir yassi tog‘liklar olis, O‘zbekistonda shuncha “pastda osilib turgan mevalar” borki, biz ularni birin-ketin yig‘ib olaveramiz, to’xtash haqida gapirishga hali juda erta.

Kartoshka haqidagi latifani eslaysizmi? Chukchalar kartoshka ekdilar, o‘n kundan keyin uni kavlashga tushibdilar. Ulardan so‘rashibdi: Nima shunchalik tez o‘sdimi? Yo‘q, javob qaytarishibdi ular, biroq, yegimiz kelib qoldi.

Sabr. Soliq islohoti qabul qilingandan bir oy o‘tgach “kartoshkani kavlash” kerak emas, hali u pishib yetilgani yo‘q.

Shaxsan, mening eng katta rejam shunga asoslanadiki, bu islohotlarni harakatga keltirayotgan insonlarda natijasini kutish uchun iroda va sabr yetadi. Va ularni yarim yo‘lda to‘xtatib qo‘ymaydilar.

Rejalashtirishning shaxsiy nuqtasi

Bunday to‘xtash nuqtasi yo‘q. Mendan bu yerga qancha muddatga kelganimni so‘raganlarida, shunday javob beraman: juda uzoq vaqtga. Bu safar muddati yo‘q. Birinchi marta kelganimda, men bu yerda begona ekanimni, vaqtincha kelganimni va qaytib ketishimni bilardim. Hozir bunday tuyg‘u yo‘q. Eng yomon holatda uch-to‘rt yil natijasini yo‘qotarman. Biroq boshqa tarafdan, bunday juda qiziqarli o‘zgarishlar ichida yashash — yaxshi tarix. Eng asosiysi, oilam butunlay men tomonda va bu qarorni qo‘llab-quvvatladi. Bu muhim edi va buning uchun yaqinlarimdan minnatdorman.

Tajriba bilan esa tushunish ham kirib keldi — dunyo shaffof va ulkan, devor hamda eshiklarga ega emas, o‘zing uchun yaxshi joyda yashashing kerak. Qalbing qayerda bo‘lsa, sen ham u bilan birga bo‘lasan axir. Menga bu yerda yaxshi. Qolgan barchasi esa — dekoratsiya.