GM Uzbekistan avtomobilni dilerlik korxonacidan olib ketish vaqtida qo’shimcha pul talab qilinganda kompaniyaga murojaat qilishni so’radi.

Avtomobilni olib ketish vaqtida diler tomonidan faqatgina 25 ming so‘m miqdorida hisob-ma'lumotnomasi uchun to‘lov amalga oshirilishi talab etiladi.

“Avtosalon xodimlarining ushbu to‘lovdan tashqari obuna, avtomobilni manzilga olib borib berish kabi xizmatlar uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilishi noqonuniy sanaladi”, deyiladi xabarda.

Kompaniya bu kabi ta’magirlik holatlariga duch kelinganda kompaniyaning +99878−147 14−14 raqamli “Ishonch telefonlari"ga murojaat qilishni so‘radi.

Ilgari Spot GM Uzbekistan Malibu va Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.