Telegram yangi xususiyatlar paydo bo’ldi — maxfiylik imkoniyati kengaytirildi, deyiladi kompaniya xabarida.

Ilgari, foydalanuvchilar faqat oxirgi 48 soat ichida yuborilgan xabarlarni o’chirishlari mumkin bo’lgan. Shu bilan birga, suhbatdoshdan faqat xususiy xabarlarni o’chirish mumkin bo’lgan.

Endi foydalanuvchi nafaqat o’zidagi xabarlarni, balki suhbatdoshidagi xabarlarni ham o’chira oladi. Xabarlar yuboruvchi va qabul qiluvchidan ham xohishga qarab to’liq yoki qisman o’chiriladi.

Bundan tashqari, xabarlarni yo’naltirishda yuboruvchini yashirish mumkin. Ilgari, barcha yuborilgan xabarlar orqali muallif sahifasiga kirish mumkin edi. Endi buni o’chirib qo’yish mumkin.

Yana bir yangi xususiyat — foydalanuvchi yuborgan xabarlar imzosidan havolani bosganda ko’rsatiladigan profil avatarlarini o’chirib qo’yish mumkin bo’ladi.