GM Uzbekistan AJ Samarqand Darvoza savdo markazida avtomobillar savdosini yo‘lga qo‘ydi, deyiladi kompaniya xabarida.

Majmuaning 2-qavatida doimiy ravishda kompaniyaning dillerlik tarmog‘i vakili faoliyat ko‘rsatib, xaridorlarga sotuvda mavjud avtotransport vositalari to‘g‘risida ma’lumot beradi hamda avtomobil xarid qilish uchun shartnoma tuzadi.

Avtomobilni yetkazib berish shartnomada ko‘rsatilgan dilerlik korxonasi orqali amalga oshiriladi.

Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi 2014 yilning mart oyidan faoliyat yuritib, unga bir yilda taxminan 5 million kishi tashrif buyuradi.