20 martda “O'zatom” agentligida Fransiyaning ‘Assystem" kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kompaniya mutaxassislari kelgusidagi hamkorlik, jumladan, atom energetikasi sohasida O’zbekistondagi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari, ushbu sohadagi mutaxassislar uchun Toshkentda seminar tashkil etish imkoniyatlarini taqdim etdi.

Shuningdek, “Assystem” kompaniyasi bilan birgalikda qo’shma injiniring korxonasini tashkil etish imkoniyatlarini ham ko’rib chiqildi.

O’zbekistonning yadro infratuzilmasini rivojlantirish va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha kelishuvga erishildi.

“Assystem” butun dunyodagi yadro energetikasi sohasida uchta yirik xalqaro kompaniyalardan biri bo’lib, murakkab va qat’iy tartibga solinadigan tarmoqlarda 50 yildan ortiq tajribaga ega. Bugungi kunda kompaniya jahon atom sohasida eng taniqli konsalting va injiniring kompaniyalaridan biri hisoblanadi.