Prezident “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

Qarorga muvofiq, elektr energiyani ishlab chiqarish, yetkazish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy uslublariga muvofiq, quyidagilar orqali “O‘zbekenergo” AJ qayta tashkil etiladi:

  • issiqlik elektr stansiyalari hamda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr markazlarini boshqaruvchi “Issiqlik elektr stansiyalari”AJni tashkil etish;
  • “O‘zbekenergo” AJning tugatilayotgan “O‘zelektrtarmoq” UK va “Energosotish” filiali negizida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJni tashkil etish;
  • elektr energiyani yakuniy iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni tashkil etish.

Shuningdek, “O‘zbekenergo” AJ tarkibiga kiruvchi ayrim xo‘jalik jamiyatlari qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

2019−2021 yillarda elektr energetika tarmog‘i raqamlashtiriladi. 2020−2030 yillarda mamlakatning yoqilg‘i-energetika ta’minoti konsepsiyasi ishlab chiqiladi.