Markaziy bank 2018 yilning 9 oyi uchun O‘zbekistonning to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzini e’lon qildi.
O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2018 yil boshidan 9,5%ga yoki 1,5 mlrd. $ga oshgan holda 2019 yil 1 yanvar holatiga 17,3 mlrd. $ni tashkil qildi.
Qarzlar
2018 yilda qarzdorlikning o‘sishi davlat sektoriga to‘g‘ri kelib (2,5 mlrd. $), xususiy sektor qarzdorligi 997,3 mln. $ga kamaydi. Yangi qarzdorliklarning jalb qilinishi evaziga davlat tashqi qarzi o‘sish sur’atini saqlab qoldi.
2018 yili xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 866,1 mln. $ qarzdorlik jalb qilindi.
Qarzdorlikni jalb qilish asosan:
- banklar tomonidan — 588,0 mln. $;
- neftegaz va energetika sektori korxonalari tomonidan — 76,0 mln. $;
- tekstil sohasidagi korxonalar tomonidan — 57,0 mln. $;
- iqtisodiyotning boshqa sektori korxonalari tomonidan — 145,1 mln. $ amalga oshirildi.
To’lovlar
Xususiy tashqi qarz bo‘yicha 1,3 mlrd. $ miqdorda asosiy qarz va 366,6 mln. $ miqdorda foiz to‘lovlari amalga oshirildi, davlat tashqi qarzlari bo‘yicha esa mos ravishda — 397,7 mln. $ va 151,3 mln. $ to‘landi.
Shu bilan birga, asosiy qarz so‘ndirilishining asosiy qismi neftegaz va energetika sektorlariga (862,2 mln. $), shuningdek bank sektoriga (192,8 mln. $) va telekomunikatsiya sektoriga to‘g‘ri keladi.
Neftegaz va energetika sektori korxonalari tomonidan 296,7 mln.$ miqdorida foiz to‘lovlari amalga oshirilgan bo‘lsa, bank sektori tomonidan amalga oshirilgan foiz to‘lovlari 42,6 mln. $ni tashkil etdi.