3 aprel kuni Rossiyaning “Gruppa Poliplastik” kompaniyasi vakillari bilan Jizzax shahrining “Zargarlik” MFYda joylashgan 4 uyda “aqqli shahar” loyihasining amalga oshirilishi muhokama etildi. Bu haqda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.

Loyiha doirasida Jizzax shahridagi mikrorayonlarning birida “Umnogor” raqamli platforma asosida shahar mulkini boshqarish uchun bir nechta axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini va “buyumlar Interneti"ni o‘zaro bog‘lash ko‘zda tutilgan.

“Aqqli shahar” platformasining amalga oshirilishi 5 asosiy qismdan iborat:

  1. Uylar va xonadonlar hisoblagichlarining ma’lumotlarini yig‘ish, uzatish va hisobga olishni o‘zida mujassamlashtirgan resurslarni hisobga olish tizimini yaratish.
  2. Avariya holatiga nisbatan tezkor choralar ko‘rish vaqtini qisqartirish va har bir murojaatning bajarilishini nazorat qilish imkoniyatini beradigan yagona dispetcherlik xizmatini joriy etish.
  3. Shahar kommunal xo‘jaligining real ma’lumotlarini tahlil qilish va asoslangan, shu jumladan rejalashtirilgan tadbirlarni “sun'iy intellekt” asosida tahlil qilishdan foydalangan holda qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradigan kommunal xo‘jaligining elektron modelini yaratish.
  4. Qurilish loyihalarini kelishish, nazorat qilish va kuzatib borish, qo‘l mehnatining hajmini kamaytirish maqsadida qurilishlarni raqamli boshqarish.
  5. Me’yordan ortiqcha yo‘qotishlarni va noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash maqsadida issiqlik tarmoqlarini uchuvchisiz apparatlardan foydalangan holda tekshirish.

Loyiha O‘zbekiston hududida yagona bo‘lib, keyinchalik respublikaning boshqa tumanlarida o‘rnatiladi.

Gruppa Poliplastik” — bo‘linmalari Rossiya, Belarussiya, Qozog‘istonda joylashgan yirik xalqaro kompaniya bo’lib, 1991 yilda tashkil etilgan. Kompaniya korxonalarida ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida sifatni boshqarish tizimi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi: xomashyo materiallar qabul qilishda tekshiriladi, mahsulotlarni ishlab chiqarish parametrlari va tayer mahsulotlar ko‘rsatkichlari nazorat qilinadi.