Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portalida “Toshkent shahri yo’l va transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Unga ko’ra Toshkent shahar hokimligi tarkibida “Toshkent transporti” davlat unitar korxonasini tashkil etish taklif etilmoqda.

“Toshkent transporti” DUK 2019−2021 yillarda jamoat transporti bekatlarining yagona konsepsiyasini joriy etish, “WiFi” ning mavjudligi va keyingi jamoat transporti kelishiga qancha vaqt qolganini ko’rsatadigan elektron jadval yaratadi.

Shuningdek, avtoturargohlarga kirish (chiqish) vaqtida hisobga olish va to’lovni amalga oshirishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, shahar transporti va yo’l-transport infratuzilmasi masalalari bo’yicha fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash bo’yicha yagona call-markaz tashkil etish taklif etilmoqda.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. 18 aprelga qadar havola orqali muhokamada qatnashib, o’z fikr va mulohazalarni bayon qilish mumkin.