2019 yilning I choragida banklardagi aholi omonatlari hajmi 8,1%ga oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Omonatlarning umumiy hajmi 15 891 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Milliy valyutadagi omonatlar 10,3%ga o‘sib, ularning jami omonatlardagi ulushi 62%gacha ko‘tarildi.

Xorijiy valyutadagi omonatlar qoldig‘i esa 4,7%ga oshgan bo‘lsada, ularning jami omonatlardagi ulushi 39%dan 38%gacha kamaydi:

2018 yilda banklardagi aholi omonatlari hajmi 14 704 mlrd. so‘mni tashkil etgan edi.

Ilgari Spot O’zbekiston banklaridagi mikroqarzlar bo’yicha holat haqida xabar bergan edi. 2019 yil aprel holatiga ko’ra 27 bankdan 17 tasi mikroqarzlar beradi.