Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda The Global Education and Leadership Foundation jamg‘armasi Global Entrepreneurship Network bilan hamkorlikda “Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionati” (Entrepreneurship World Cup)ning milliy saralash bosqichida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish boshlanganini e’lon qildi.

Tanlov Saudiya Arabistoni Qirolligi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Al Saud tashabbusi bilan MiSK jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan.

Mazkur chempionat — global miqyosdagi yirik hodisa bo‘lib, dunyodagi 100 dan ortiq davlatlardan 100 ming nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirok etadilar.

Tanlovning milliy saralash bosqichining finali xalqaro darajadagi ekspertlar ishtirokida 2019 yilning 30−31 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Tanlov g‘oliblari 2019 yil 12 noyabrda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionatining xalqaro super-finalida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Arizalar ingliz tilida 2019 yilning 10 may sanasiga qadar qabul qilinadi. Batafsil ma’lumotlarni olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun platforma bu yerda.

MiSK jamg‘armasi Saudiya Arabistoni Qirolligining valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Al Saud tomonidan tashkil etilgan. Jamg‘arma faoliyati Saudiya Arabistonidagi yoshlarning yetakchilik sifatlarini qo‘llab-quvvatlash va ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

tGELF jamg‘armasi — 2006 yili tashkil etilgan ta’lim va yetakchilikni rivojlantirish sohasidagi Xalqaro jamg‘arma axloqiy qadriyatlarga asoslangan yetakchilarning xalqaro hamjamiyatini yaratishga qaratilgan.