Davlat byudjeti ijrosi Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz saytida) e’lon qilib boriladi. Bu haqda prezidentning “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida keltirilgan, xabar beradi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.
Qarorga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Mazkur ma’lumotlar data.gov.uz'da e’lon qilib boriladi. Portaldagi axborotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida e’lon qilib boriladi. Bunda uning ingliz tilidagi shakli 2019 yil 1 avgustga qadar ishga tushiriladi.
Shu maqsadda Statistika qo‘mitasida Portal faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bo‘linma tashkil etildi.
Portalni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, uzluksiz ishlab turishini ta’minlash Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Portalda e’lon qilinayotgan ma’lumotlar ham “Ochiq ma’lumotlar global indeksi” va “Ochiq ma’lumotlar barometri” metodikasining asosiy yo‘nalishlari asosida qayta ko‘rib chiqiladi.
Xususan, unga ko‘ra davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining ijrosi, vazirlik, idoralarning byudjeti, hududlar kesimidagi byudjetlar, davlat organlarining barcha tanlovlari va tenderlari haqidagi ma’lumotlar mazkur Portalda e’lon qilinadi.
10 aprel 2019, 17:18
Iqtisodiyot
Texnologiyalar
Davlat byudjeti ijrosi Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilib boriladi
Davlat organlarining barcha tanlovlari va tenderlari haqidagi ma’lumotlar Portalda e’lon qilinadi.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 800
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 19:49 Transport
Toshkent-Xojikent-Toshkent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
3-dekabrdan boshlab mazkur yo‘nalishda tezyurar shaharlararo elektropoyezdi o‘z qatnovlarini boshlaydi.
Bugun, 19:20 Qiyofa
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda metro ochildi
Tarmoq oltita to‘liq avtomatlashtirilgan metro liniyalari, 85 ta stansiya va 176 kilometr yangi yo‘llarni o‘z ichiga oladi
Bugun, 18:50 Biznes
Elektr energiyasidan behuda foydalanish bo‘yicha 2 300dan ortiq holat aniqlandi
Oxirgi ikki kunda birgina Toshkentda o‘tkazilgan reydlarda jami 264ta bu kabi holat kuzatilgan.
Bugun, 17:26 Moliya
UnionPay O‘zbekistonda onlayn to‘lov tizimlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda
Xitoy kompaniyasi banklar bilan integratsiyani mustahkamlash, milliy to‘lov tizimlari bilan hamkorlik va QR-kodli to‘lovlarni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Bugun, 17:04 Texnologiyalar
Ulug‘bek Tavakkalov Kapitalbank Kuzatuv kengashi raisi maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
Mazkur lavozimda Tavakkalov bankning chakana biznes faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga mas’ul bo‘ladi.
Bugun, 16:43 Biznes
Ozon buyurtmalarni 10ta shahardagi UzPost bo‘limlariga yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi
Kelgusida yetkazib berish qamrovini butun O‘zbekiston bo‘ylab 1 600tagacha kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Bugun, 16:02 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 14 so‘mga pasayib, 12 838,83 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 15:40 Biznes
Toshkentda energiya resurslaridan nooqilona foydalanishga qarshi reydlar boshlandi
Elektr energiyasidan asossiz foydalangan poytaxtdagi savdo nuqtalari va muassasalar tarmoqdan uzib qo‘yilib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.