9 aprel kuni Minsk shahrida fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha birinchi O‘zbek-Belarus Qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi ikki davlat texnoparklari o‘rasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini berdi.
Komissiya bo‘yicha energetika, agrosanoat texnologiyalari, qayta tiklanuvchi energiya, tibbiyot va tibbiy texnologiyalar, nano- va biotexnologiyalar, kimyo texnologiyasi, yangi materiallari axborot-kommunikatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalar, aerokosmik soha, robototexnika, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologiya, lazer texnologiyalari, foydali qazilmalarni topish texnologiyalar O‘zbekiston-Belorussiya ilmiy-texnik hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lishiga kelishdi.
Shuningdek, Mamlakatlar o‘rtasida uch yillik ilmiy-texnik hamkorlik dasturining tasdiqlanishiga kelishildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yashnabod” texnoparki va Belarus Milliy texnik universiteti qoshidagi “Politexnik” texnoparklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv imzolandi.