Gulnora Raximova Moliya vazirligi G‘aznachiligining Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Gulnora Raximova (1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan) 1995 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetininig iqtisodchi mutaxassisligini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1995 yilda O‘zbekiston milliy universitetining O‘quv bo‘limi mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 2002−2014 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi, “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi, katta ilmiy xodimi bo‘lib ishlagan.
2014 yildan boshlab Raximova Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazining “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi” kaferdrasida katta o‘qituvchi, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.