Joriy yilning yanvar-mart oyida import hajmi 5,2 mlrd $ ga (o`sish sur`ati 32,9%) teng bo`ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari dalolat beradi.

Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (42,5%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,0%) hamda qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (7,7%) guruhlari hisobiga to`g`ri keldi.

Yanvar-mart oyida 106,4 mln $lik yengil avtomobillar import qilindi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan deyarli 2,2 barobar ko’pdir.

Ma’lumotlarga ko’ra, yuk avtomobillari va maxsus avtomobillar import hajmi ham ortib, 131,4 mln $ ni tashkil etdi.

Mashina va asbob-uskunalar asosan Xitoy (689,6 mln $), Koreya (473,4 mln $), Rossiya (185,2 mln $), Turkiya (148,9 mln $) va Belarusdan (84,3 mln $) import qilingan.