17 aprel kuni Toshkent shahar hokimligida “Investor kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb yozadi hokimlik matbuot xizmati.

Unda turli soha va tarmoqlar tizimida yangi yo‘nalishlarni ochish, muassasalarni tashkil etish, zamonaviy turar joy, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish maskanlarini ishga tushirishga qaratilgan loyihalar taqdim etilib, muhokama qilindi.

Tadbirda 20 nafar tadbirkorning investitsiyaviy loyihalari ko‘rib chiqildi. Taqdim etilgan loyihalarning 14 tasi sanoatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 6 tasi sog‘liqni saqlash sohasiga taalluqlidir.

Ushbu loyihalarning amalga tadbiq etilishi natijasida umumiy qiymati 699,25 mlrd.so‘mlik investitsiya kiritiladi, shundan 38,25 mln $i xorijiy sarmoyadir. Investitsion loyihalarning ishga tushirilishi natijasida esa 2179 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.