Honor Xitoyda Honor 20i smartfonini taqdim etdi. Bu haqda “Gizchina” xabar berdi.

Smartfon tomonlari 19,5:9 nisbatda va tomchisimon “o'yiqli” 6,21 dyuymli LCD displeyiga ega bo’ldi. Displey qurilma old panelining 90%ini egallaydi. Barmoq izlari skaneri gradient rangli orqa panelda joylashgan.

Qurilmaning “yuragi” uchun Mali-G51 MP4 video tezlatgichi va Game Turbo 2.0 texnologiyasini qo’llab-quvvatlaydigan 8 yadroli Kirin 710 protsessori javob beradi. 4/28 GB, 6/64 Gb, 6/128 Gb va 6/256 Gb xotira konfiguratsiyalari mavjud.

3400 mAh quvvatli batareya avtonomlikni ta’minlaydi. Kameralar modelning asosiy xususiyatlaridan biridir. Asosiy kamera uchtalik: 24 Mp (f / 1,8) + 2 Mp + 8 Mp (keng burchakli sensori). Old kamera esa 32 Mp.

Xitoyda Honor 20i'ga oldindan buyurtma berish mumkin. 4/128 va 6/64 Gb xotirali versiya 240 $ atrofida, 6/128 Gb uchun 284 $ to’lash kerak, va 6/256 Gb konfiguratsiya 329 $ turadi. Qurilma uch gradient rangda mavjud: Qora, ko’k va qizil.