2019 yilning yanvar-martida 30,4 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etildi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar ko’pdir. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Yangi tashkil topgan kichik korxona va mikrofirmalar hududlar bo’yicha eng ko’p Toshkent shahrida — 6304 ta, Samarqand viloyatida — 2940 ta. Toshkent viloyatida — 2856 ta, Farg’ona viloyatida — 2851 ta, Buxoro viloyatida -2182 ta, Namangan viloyatida — 2078 ta, Xorazm, Qashqadaryo, Andijon, Surxondaryo, Jizzax, Qoraqalpog’iston Respublikasi, va Navoiy viloyat-larida bu ko’rsatkich o’rta darajada bo’lib, 1804−889 tani tashkil etgan. Eng past ko’rsatkichni Sirdaryo viloyati -789 tani tashkil etgan.

Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1010,8 mln $ (umumiy eksport hajmining 24,5%) mahsulotlar eksport qilindi, bu esa 2018 yilga nisbatan 289,9 mln $ yoki 40,2%ga ko’p.

Hududlar bo’yicha kichik tadbirkorlikdagi mahsulot (tovar, xizmat)larning jami eksportdagi eng ko’p ulushi Surxondaryo viloyatida — 91,1%, Xorazm viloyati — 89,8%, Sirdaryo viloyatida — 87,5%, Namangan viloyati — 85,5%, Samarqand viloyati — 82,2%, Buxoro viloyati — 74,5%, Jizzax viloyati — 69,2%, Andijon viloyati — 69,2% va Farg’ona viloyatida — 43,1%, eng past ko’rsatkichni Qoraqalpog’iston — 13,5%ni tashkil etdi.