2019 yil yanvar-mart oylarida respublika bo’yicha ko’chib ketganlar soni esa 43,6 ming kishini (40,7 ming kishi respublika hududlariga, 2,9 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari dalolat beradi.

Migratsiya saldosi minus 2,1 ming kishi bo’lib, 2018 yilning mos davrida minus 2,5 ming kishi bo’lgan.

Migratsiya saldosining yuqori darajasi Qashqadaryo (minus 1,4 ming kishi), Samarqand (minus 1,3 ming kishi) va Toshkent, Buxoro (minus 0,8 ming kishi) viloyatlatlarida, ijobiy darajasi esa Toshkent shahrida (plus 5,8 ming kishi) kuzatildi.

Chet elga ketgan fuqarolarning asosiy qismi Qozog’iston 47,9%, Rossiya 45,6%, Isroil 1,1% va AQShga 0,7% tashrif buyurgan.