TATU Koreya elektronikalar texnologiya instituti bilan birga haydovchisiz avtomobillar texnologiyasini rivojlantiradi, xabar beradi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Bu bo‘yicha shu yilning 18 aprel kuni Korea elektronikalar texnologiya instituti vakillarining TATUga qilgan tashriflari davomida kelishuvga erishildi.

Muzokaralar natijasida kelgusida haydovchisiz boshqariluvchi avtomobillar — “Autonomus driving car” V2X texnologiyasini rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi.

Uchrashuvda ikki OTM o‘rtasida ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Koreya elektronika texnologiyalari instituti mamlakatning 5 ta shahrida filiallariga ega bo‘lib, “Sun'iy intillekt”, “Aqlli shahar” va boshqa yo‘nalishlarda jahonning nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib boradi.