Ilgari Spot prezident farmoniga binoan 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etilishi haqida xabar bergan edi.

Hukumat qarori loyihasiga muvofiq, may oyidan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga hujjat topishirish jarayoni boshlanishi rejalashtirilgan.

Endi istalgan milliy OTMga hujjatlarni yashash manzilidan uzoqlashmasdan — Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki — my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratildi.

Hujjatlarni onlayn tarzda yuborish uchun shakllarni to‘ldirishni o‘rgatuvchi grafikalar bu yerda.